» » Voronejda o‘zbekistonlik oila chaqalog‘ini sotishga uringani uchun sud qilinadi

Voronejda o‘zbekistonlik oila chaqalog‘ini sotishga uringani uchun sud qilinadi


Rossiyaning Voronej shahrida O‘zbekistondan kelgan er-xotinni o‘z chaqalog‘ini sotishga uringani uchun sud qilishadi, deb yozadi “Nuz.uz” shahar prokuraturasiga tayanib. “Odam savdosi bilan shug‘ullanishga urinish” moddasi bo‘yicha ochilgan ish ayblov xulosasi bilan sudga berildi. Rossiyada bunday jinoyat uchun uch yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Tergov aniqlashicha, 2017-yil 8-sentabrda 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘zi yashaydigan xonadonda qiz farzandni dunyoga keltirgan. Uning 39 yoshli eri bolani o‘ziniki emas, deb hisoblab, chaqaloqdan har qanday yo‘l bilan qutulishni talab qildi.

Er-xotin chaqaloqni FHDYoda ro‘yxatdan o‘tkazmaslikka qaror qildi va hamyurtlariga chaqaloqni sotib olishni taklif qila boshladi. Bundan oilaning do‘sti xabar topib, jinoyatning oldini olish uchun politsiyaga xabar berdi.

Tezkor xizmat xodimlari xaridorlar ko‘rinishida 10-oktabr kuni o‘zbekistonlik er-xotin bilan ularning xonadonida uchrashib, ularga belgi qo‘yilgan kupyuralarni berdi.

Chaqaloq kasalxonaga keltirilib, tekshirib ko‘rilganida, unda konyunktivit va sariqlik (jeltushka) aniqlangan. Ayni paytda qizaloq bolalar uyida bo‘lib, uning hayotija hech narsa tahdid qilmayapti. Onasi sud qilinib, onalik huquqidan mahrum qilingach, u boshqa oilada yangi hayotini boshlaydi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют