» » 2 mln dollar pora olganlikda ayblangan rossiyalik sobiq vazirga so‘ralayotgan jazo e’lon qilinadi

2 mln dollar pora olganlikda ayblangan rossiyalik sobiq vazirga so‘ralayotgan jazo e’lon qilinadi


Moskvadagi Zamoskvorets sudida 4-dekabr, dushanba kuni prokuror Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev uchun so‘ralayotgan jazoni ma’lum qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Sud jarayonida dastlab ayblov va himoyaning sudlanuvchi aybi isbotlangani darajasi, bo‘lajak hukm yuzasidan fikrlari tinglanadi. So‘ng Ulyukayevga oxirgi so‘z huquqi beriladi. Shundan keyin sud hukm chiqarish uchun maslahatxonaga yo‘l oladi. 

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Ulyukayev “Rosneft” kompaniyasi rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda. U zamonaviy Rossiya tarixidagi korrupsiya uchun qo‘lga olingan birinchi federal vazir bo‘ldi.

Ulyukayevga 15 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi berilishi mumkin. 

Опубликовано: admin (4-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют