» » Indoneziya prezidentining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekistonga keldi

Indoneziya prezidentining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekistonga keldi


Ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lgan Indoneziya prezidentining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi doktor Nasriddin Umar boshchiligidagi delegatsiya 3-dekabr kuni Samarqand shahriga bordi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Shu kuni delegatsiya va Samarqand viloyati mas’ullari o‘rtasida ziyorat turizmini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar tashkil etildi.

Muzokarada Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Munis Voseyev hamda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov ishtirok etdi.

Doktor Nasriddin Umar Indoneziyadagi 900 ming masjidni nazorat qiluvchi “Istiqlol” masjidi imom-xatibi bo‘lib, mazkur masjid imom-xatibi bir vaqtning o‘zida Indoneziya prezidentining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Muzokara davomida Nasriddin Umarga Indoneziya turizm vazirining turmush o‘rtog‘i hamrohlik qildi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют