» » Fotogalereya: O‘z karyerasini erta yakunlagan mashhurlar

Fotogalereya: O‘z karyerasini erta yakunlagan mashhurlar


AdMe o‘z karyerasini erta yakunlagan yoki uzoq tanaffusga chiqib ketgan mashhurlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Jek bolaligidan boshlab epizodik rollarda suratga tushib kelgan. Uni butun dunyoga tanitgan roli “Taxtlar o‘yini”dagi Joffri Barateondir. Biroq Glison endilikda kinoda suratga tushishni istamasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyorlik kasbi o‘zi shug‘ullanishni istaydigan kasb emasligini tushunib yetgan.

XX asrning eng mashhur aktrisalarida biri, “Tiffaninikida nonushta”, “Rim ta’tillari” filmlarining yulduzi Odri Xepbern yana bir nechta ajoyib rollarni yaratishi mumkin edi, biroq bunga ayrim omillar to‘sqinlik ko‘rsatgan. Aktrisaning birinchi turmush o‘rtog‘i Mel Ferrer edi — u ham aktyor bo‘lgan, biroq xotini kabi mashhurlikka erisha olmagan va ko‘pincha unga hasad qilgan. Xepbern turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlagan va doim Melga rol berishsagina suratga tushishga rozilik bildirgan. Ularning turmushi baribir uzoqqa bormadi va kino sohasidagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng aktrisa suratga tushishni yig‘ishtirib qo‘ydi.

Greys Kelli kino sohasida hayratlanarli natijalarga erishishi mumkin edi, biroq kutilmaganda uning hayotida Monako knyazi Renye III paydo bo‘lgan. Aktrisa Gollivudda muvaffaqiyatga erishgan va “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan.

Biroq Kelli ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak edi: karyera yoki oila. U birinchisini tanlagan.

O‘z faoliyatini ovozsiz kinolardan boshlagan Gretaga o‘z davrida talab juda yuqori bo‘lgan. 30-yillar oxirida Garboning kinostudiya bilan shartnomasida muammolar boshlangan, 1941-yilda “Ikki yuzli ayol” filmi ekranlarga chiqqan, biroq u kinotanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olinmagan. Shu bilan ushbu film uchun so‘nggi bo‘lib qolgan.

Teylor birinchi bor kinoda 3 yoshida rol ijro etgan. Unga o‘z davrining eng mashhur filmlaridan biri — “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”, “Josus bolalar — 2”da rol ijro etish nasib qilgan. Biroq unga haqiqiy mashhurlikni “G‘iybatchi” seriali olib kelgan.

Biroq bundan keyin Momsen kinodagi faoliyatini yakunlash borasidagi niyatini ma’lum qilgan va o‘zini to‘liq musiqaga baxshida etgan. Hozirda u The Pretty Reckless rok-guruhining yetakchisi sifatida tanilgan.

Kemeron ishtirokidagi so‘nggi film 2014-yilda chiqqan. Bunga sabab aktrisa o‘zini oilasiga bag‘ishlashni xohlagan bo‘lishi mumkin, axir u 2015-yilda musiqachi Benji Meddenga turmushga chiqqan. Bu vaqt orasida Kemeron uzoq umr ko‘rish va sog‘lom hayot tarzini kechirishga bag‘ishlangan ikkita kitobni chiqarishga ulgurdi.

Adel o‘zining 2-albomini chiqarganidan so‘ng, ma’lum bir vaqtga “jimib qolgan” edi va oradan 4 yil o‘tgachgina o‘zining 3-albomini taqdim etishga qaror qildi. 2017-yilning yozida Adel muxlislariga maktub yo‘llab, o‘zini doimo uyda o‘tiradigan odam bo‘lganligini ta’kidlab, kelajakda yana gastrollarga chiqish yoki chiqmasligi ma’lum emasligini bildirgan.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют