» » AQSh bombardimonchilari KXDR bilan chegara yaqinidagi poligonga zarbalar berdi

AQSh bombardimonchilari KXDR bilan chegara yaqinidagi poligonga zarbalar berdi


AQSh harbiy-havo kuchlarining B-1B Lancer strategik bombardimonchilari 6-dekabr, chorshanba kuni Koreya Respublikasi hududida KXDR bilan chegara yaqinida joylashgan o‘quv-mashq nishonlariga zarbalar berdi, deb yozadi “TASS” Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib.

Mamlakat shimoli-sharqidagi Kanvondo provinsiyasida joylashgan poligonga o‘rnatilgan nishonlar muvaffaqiyatli tarzda urildi. Mashg‘ulotlarda Janubiy Koreya HHKning F-15Ks va KF-16s samolyotlari ham qatnashdi.

Bombardimonlar Janubiy Koreyada AQSh bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Vigilant ACE 18 o‘quv mashqlarining bir qismi bo‘ldi. Ushbu mashg‘ulotlarga tarixda birinchi marta beshinchi avlod qiruvchilari jalb qilingan.

Avvalroq Amerikaning B-1B strategik bombardimonchilari AQSh va Janubiy Koreyaning katta ko‘lamli qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida Koreya yarim oroli osmonidan uchib o‘tishi xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют