» » Eng qadimiy ko‘z topildi. U trilobitga tegishli

Eng qadimiy ko‘z topildi. U trilobitga tegishli


Xalqaro olimlar guruhi 530 million yoshga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan tosh qotgan ko‘zni topishga muvaffaq bo‘ldi. Topilmaga bag‘ishlangan maqola  Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi, deb xabar berdi Phys.org.

Ko‘z trilobitga — Poleozoy erasida (541—251 million yil oldin) dengizlarda yashagan, hozirda qirilib ketgan umurtqasiz hayvonga tegishli. U o‘z ko‘rinishi bilan hasharotlarning murakkab ko‘zini eslatadi: olimlarning aniqlashicha, trilobit ko‘zi ommatidiylardan — yorug‘lik sezuvchi hujayralar to‘plamidan tashkil topgan. Biroq 500 million yil ichida ushbu tuzilma u qadar o‘zgarmagan.

Tadqiqotchilar tosh qotgan ko‘zni sekin-asta tozalab, uning strukturasini o‘rgandi. Trilobit ko‘zida 100 ga yaqin ommatidiy joylashgan. Shu bilan birga, uning tashqi linzalari (xrustalchalari) mavjud emas, bu esa zamonaviy hasharotlarga xos xususiyat. Ushbu jonzotning ko‘rish qobiliyati yomon bo‘lgan, ammo u yirtqichlarni va o‘z yo‘lidagi to‘siqlarni payqay olgan.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tosh qotgan ko‘z — topish mumkin bo‘lgan eng qadimiy ko‘zdir, chunki bundan oldingi organizmlarning ko‘zida qattiq qobiq bo‘lmagan.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют