» » Falastin AQShni Isroil bilan muzokaralar bo‘yicha sherik sifatida ko‘rmasligi ma’lum qilindi

Falastin AQShni Isroil bilan muzokaralar bo‘yicha sherik sifatida ko‘rmasligi ma’lum qilindi


Falastin Yaqin Sharq kvarteti (Rossiya, AQSh, Yevroittifoq, BMT) a’zosi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarni endi Falastin — Isroil kelishuvi bo‘yicha muzokarachi sifatida ko‘rmaydi. Bu haqda Falastinning Moskvadagi elchisi Hafiz Noufal ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz AQShni tinchlik muzokaralari bo‘yicha sherik sifatida ko‘rmayapmiz. Qo‘shma Shtatlar ochiqdan-ochiq Isroil tomonga o‘tgan ekan, endi uni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha hamkor hisoblamaymiz. Biz qabul qiladigan muzokarachilar tariqasida Rossiya, Yevroittifoq, Xitoy va boshqa davlatlar bor”, — dedi elchi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganidan so‘ng falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan, buning oqibatida yuzdan ortiq falastinlik jabrlangan edi. Boshqa musulmon o‘lkalarida ham AQShning Quddus bo‘yicha qaroriga qarshi namoyishlar boshlandi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют