» » O‘zbekiston Oliy Ligasining 14 ta klubi OFK litsenziyalashidan muvaffaqiyatli o‘tgani aytildi

O‘zbekiston Oliy Ligasining 14 ta klubi OFK litsenziyalashidan muvaffaqiyatli o‘tgani aytildi


O‘zbekistonning 14 ta futbol klubi OFK litsenziya talablarini bajara olgan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev Twitter sahifasi orqali ma’lumot berdi.

OFK seminarida O‘zbekistonning 14 ta klubi litsenziyadan o‘tgani aytildi. Endi Oliy Liganing qaysi klubi litsenziya ololmaganini aniqlash qoldi.

Alisher Nikimbayev, mutaxassis

Avvalroq O‘FF litsenziyalashdan o‘ta olmagan klublarga Oliy Ligada joy yo‘qligi haqida aytib o‘tgandi. Qolaversa, tashkilot kelasi yildan boshlab O‘zbekiston Oliy Ligasida 12 ta klub to‘p surishi borasida qaror ham chiqarib qo‘ygan.

Oliy Ligada mavsum yakuniga yetmay turib, Toshkentning “Obod” klubi musobaqadan chetlashtirilgandi. Avvalroq FIFA G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini elitadan chetlashtirishni so‘rab, O‘FFga maktub yozgandi. Bunda “Obod”ning Oliy Ligada o‘ynamasligi 100 foiz aniq bo‘lib ulgurgan. Qolgan 15 ta klubdan qay biri litsenziyalashni muvaffaqiyatli yakunlay olmagani ma’lum emas.

Birinchi Liga yakunlariga ko‘ra, “Sementchi” futbol klubi Oliy Ligaga qadam qo‘ygandi. Mazkur jamoa vakillari ham litsenziyalashda ishtirok etganmi yoki yo‘q — aniq emas. Endi futbol jamoatchiligi bu borada O‘FF va PFL bayonotini kutadi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют