» » Sardor Rashidov jamoasi Madridning “Real” klubi bilan o‘ynashni istasa, bugun OChL g‘olibi taslim etilishi kerak

Sardor Rashidov jamoasi Madridning “Real” klubi bilan o‘ynashni istasa, bugun OChL g‘olibi taslim etilishi kerak


Bugun — 9-dekabr kuni klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Birinchi juftlikda CONCACAF va Afrika yetakchilari o‘zaro hisob-kitob qiladi. Bellashuvni Ravshan Ermatov yetakchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Mazkur turnir translyatsiyasi huquqini xarid qilgan UzReport telekanali 18:00 da start oladigan bellashuvni jonli namoyish etishni rejalashtirgan. Telekanal avvalroq nimchorak finaldan o‘rin olgan “Al-Jazira” — “Oklend Siti” o‘yinini ko‘rsatgandi.

Toshkent vaqti bilan 21:30 da maydonda BAA hamda Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblangan Yaponiya klubi chiqib keladi. Ularning o‘yini davom etayotgan bir vaqtda, mazkur turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Real” La Liganing 15-turi doirasida “Sevilya” bilan bahs olib borayotgan bo‘ladi. UzReport telekanalida mana shu uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.

Sardor Rashidov jamoasining “Oklend Siti”ga qarshi birinchi o‘yinida maydonga tushirilmagandi. U va jamoadoshlari yarim finalda Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash kelishni istasa, bugun OChL g‘olibi taslim etilishi shart.

Jahon Chempionati

Chorak final o‘yinlari

9-dekabr, shanba

“Pachuka” (Meksika) — “Vidad Kasablanka” (Marokash) 18:00 UzReport

“Al-Jazira” (BAA) — “Urava Red” (Yaponiya) 21:30

Опубликовано: admin (9-12-2017, 16:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют