» » Afsonaviy Floyd Meyvezer Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirdi. U o‘ziga yangi boshpana izlamoqda

Afsonaviy Floyd Meyvezer Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirdi. U o‘ziga yangi boshpana izlamoqda


Amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezer Rossiya fuqaroligini olish istagida. Bu haqda uning o‘zi Rossiya 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Meyvezerning qayd etishicha, bu kun kelishini bokschi sabrsizlik bilan kutmoqda. Rossiyada u bank biznesi bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan. Ma’qul variant chiqsa, u bank sohasiga sarmoya kiritish va rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish istagida.

40 yoshli Meyvezer Rossiyadan uy izlayotgan bo‘lib, buning uchun unga biroz vaqt kerakligini qo‘shimcha qilgan. Bu vaqt ichida u Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan ham uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Meyvezer o‘ziga aynan Grozniydan uy olishni maqsad qilgan.

Bokschi shu kunga qadar professional ringda 50 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini yengishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘zining so‘nggi jangini shu yilning 27-avgust kuni UFC vakili Konor MakGregorga qarshi o‘tkazgan Meyvezer, raqibini nokaut qilib, evaziga 300 million dollar gonorar olgandi.

Meyvezer nima sababdan fuqaroligini o‘zgartirishni niyat qilganiga qo‘shimcha izoh bermagan.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют