» » Iroq bosh vaziri IShIDga qarshi urush yakuniga yetganini e’lon qildi

Iroq bosh vaziri IShIDga qarshi urush yakuniga yetganini e’lon qildi


Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi urush yakuniga yetganini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Bizning qo‘shinlarimiz Suriya va Iroq chegarasini to‘liq nazorat ostiga oldi, shu sababli, men IShIDga qarshi urush yakuniga yetganini e’lon qilaman”, — dedi u.

Iroq armiyasidan ma’lum qilishlaricha, “mamlakatning barcha hududlari IShIDning terrorchi to‘dalaridan ozod etilgan”, deya xabar bermoqda Associated Press.

Avvalroq, 6-dekabr kuni Rossiya Bosh shtabi Suriyadagi IShID terrorchilari ustidan to‘liq g‘alabaga erishilgani haqida hisobot bergan edi.

Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, “Suriya hududidagi IShID to‘dalarining bari yo‘q qilingan, hududning o‘zi terrorchilardan ozod etilgan”.

Mustaqil manbalar na Iroq va na Suriyada IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini tasdiqladi. Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlarni kuzatib boruvchi saytlar ushbu xabar yozilayotgan vaqtda Iroq—Suriya chegarasidagi hududni, shuningdek, Frot daryosidan g‘arbdagi yerlarni terrorchilar nazorati ostida, deb ko‘rsatayotgan edi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют