» » Toshkent davlat texnika universiteti talabalari 3D-printer yaratdi

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari 3D-printer yaratdi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Unibot 3D-printerini ishlab chiqdi, deb yozadi “Spot.uz”. Xabar berilishicha, allaqachon FDM 3D-printerlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, uch o‘lchamli bosma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tashkillashtirilgan.

“Startap-tashabbuslar” dasturining ikkinchi davrasida g‘olib bo‘lgan Unibot loyihasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, oziq-ovqat, metall uchun mo‘ljallangan, shuningdek, modulli printerlar uchun xomashyo ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Buning uchun ishlab chiquvchilar 80 million so‘m jalb qilmoqchi , u 20 ta printerdan iborat 3D-laboratoriyani yaratishga, ish muhitini tashkillashtirishga, korxonani to‘liq jihozlashga va marketing faoliyatini boshlashga ishlatiladi.

Startap o‘zining asosiy afzalligi sifatida turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan va turli kattalikdagi 3D-printerlarning uch o‘lchamli bosma bo‘yicha xizmatlarni 1 gramm material uchun 1000 so‘mdan amalga oshirishini ko‘rsatmoqda.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют