» » Endi sotilayotgan “chiroyli” avtoraqamlar haqida telefon orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi

Endi sotilayotgan “chiroyli” avtoraqamlar haqida telefon orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi


“O‘zRTXB” AJ (Respublika tovar-xomashyo birjasi) “Avtoraqam” savdo platformasida onlayn auksionlar ishtirokchilari uchun “SMS xabar” yangi xizmat turini ishlab chiqdi va joriy etdi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur xizmatdan foydalangan holda, avtohavaskorlar qiziqtirayotgan avtoraqamlarning savdoga qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor tarzda olishlari, hamda ma’lum lotga obuna bo‘lib, uning holatini muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin.

“SMS xabar” xizmati mijozga qiziqtirayotgan avtoraqam bo‘yicha savdo vaqtini o‘tkazib yubormaslik va sotib olingan avtoraqamni to‘lovini amalga oshirishning aniq vaqti va uni ro‘yxatdan o‘tkazish joyini bilib olish imkonini taqdim etadi. SMS xabarlar xizmatga ulanishda ko‘rsatilgan telefonga kelib tushadi.

Birjaning yangi xizmatiga ulanish uchun avtoraqam.uzex.uz vebsaytining mijozlar uchun shaxsiy kabinetida “SMS” sahifasiga o‘tish va ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют