» » Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi prezidentlik saylovlarida Putin uchun ovoz berishga tayyorligini bildirdi

Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi prezidentlik saylovlarida Putin uchun ovoz berishga tayyorligini bildirdi


Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi 2018-yil 18-martga belgilangan prezidentlik saylovida ishtirok etishni rejalashtirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

“Levada-sentr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning 28 foizi “aniq ovoz berishi”, 30 foizi esa “buning ehtimoli yuqori” ekanligini ma’lum qildi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putin uchun jami respondentlarning 61, saylovda ishtirok etishga tayyorligini bildirganlarning esa 75 foizi ovoz berish niyatida. Undan keyingi o‘rinni LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy egalladi ( 8 va 10 foiz). 

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda kommunistlar yetakchisi Gennadiy Zyuganov (6 va 7 foiz) va “Spravedlivaya Rossiya” yetakchisi Sergey Mironov (2 foizdan) qayd etildi. 

Mazkur so‘rovda “Yabloko” raisi Grigoriy Yavlinskiy, teleboshlovchilar Kseniya Sobchak va Yekaterina Gordon 1 foizdan, biznes-ombudsman Boris Titov esa bunga ham yetmagan ovoz to‘pladi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют