» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FQB o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FQB o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi


O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Murodjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Federal qidiruv byurosi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ushbu hujjat ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilishda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

Memorandumda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tajriba va axborot, ilg‘or tergov usullari hamda ushbu sohada tadqiqotlarni olib borishda nazariy va amaliy ko‘nikmalarning zamonaviy mexanizmlarini almashish ko‘zda tutilgan.

Bosh prokuratura va FQB o‘zaro manfaatli muhim xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют