» » 630 dan ortiq zararli da’vatni internetga joylagan andijonlik jinoiy javobgarlikka tortildi

630 dan ortiq zararli da’vatni internetga joylagan andijonlik jinoiy javobgarlikka tortildi


Milliy xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida bir guruh diniy ekstremizm va terrorizmning virtual tarafdorlari kirdikorlariga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi Nodirbek Hasanov “Odnoklassniki.ru”  ijtimoiy tarmog‘iga turli zararli ma’ruza va da’vatlarni joylashtirib kelgani aniqlandi.

U o‘z g‘arazli maqsadlariga Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi Nodirjon Sobirov va Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi Jasur Toshmatovlarni ham sherik qildi.

“Nodir Hasanov 630 dan ortiq zararli ma’ruza, da’vat va videoroliklarni internetga joyladi. 200 dan ortiq ‘do‘stlar’i bilan muloqotga kirishdi va oxir-oqibat sudning qora kursisiga yetib keldi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur shaxslar internet orqali buzg‘unchilikka da’vat etuvchi g‘oyalarni ilgari surgan va o‘z ta‘sir doirasini kengaytirishga uringan.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют