» » Kanada harbiy-dengiz kuchlari 9 tonna narkotikni Lotin Amerika sohillarida ushlab qoldi

Kanada harbiy-dengiz kuchlari 9 tonna narkotikni Lotin Amerika sohillarida ushlab qoldi


Kanada harbiy-dengiz kuchlari narkotrafikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro CARIBBE operatsiyasi doirasida yil boshidan beri to‘qqiz tonna kokainning Shimoliy Amerikaga kirib kelishining oldini oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Kanada milliy mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, fevral—dekabr oylari davomida Lotin Amerika sohillari yaqinida AQSh Sohil qo‘riqlash xizmati kemalari bilan birgalikda o‘tkazilgan reydlar davomida umumiy qiymati 298 million dollarlik narkotiklar musodara qilingan.

Noyabr oyidan boshlab operatsiyalarga Kanada harbiy-havo kuchlarining CP-140 Aurora razvedkachi samolyoti ham jalb etilgan. Mazkur samolyot taqdim etgan axborot sharofati bilan, AQSh Sohil qo‘riqlash xizmati kemalari noyabr—dekabr oylarida Tinch okeanida uch tonna kokainni ushlab qolgan.

Narkotrafikka qarshi kurash bo‘yicha CARIBBE xalqaro operatsiyasi 2006-yildan beri o‘tkaziladi. Unda, Kanada va AQShdan tashqari, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Niderlandiya kemalari va samolyotlari ham jalb etilgan. Ular Karib havzasi, Meksika ko‘rfazi akvatoriyasida, shuningdek, Lotin Amerikasining Ekvador va Kolumbiya kabi mamlakatlari sohillarida patrul bilan shug‘ullanadi.

Qayd etishlaricha, so‘nggi 11 yil davomida Kanada harbiy-dengiz kuchlari 83 tonna narkotikning Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlaridan Shimoliy Amerikaga o‘tishining oldini olgan.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют