» » Kuchli tuman Toshkent aeroportidagi bir qator reyslarning ushlanib qolishiga olib keldi

Kuchli tuman Toshkent aeroportidagi bir qator reyslarning ushlanib qolishiga olib keldi


15-dekbar, juma kuni kechasi Toshkentda kuzatilgan kuchli tuman poytaxt aeroportining bir qator reyslarini ushlanib qolishiga olib keldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Ko‘rish uzoqligining pastligi sabab — taxminan 50 metr, aeroportdagi onlayn-tabloning soat 8:30 dagi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Olmaota (HY 764), Urumchi (HY 508), Moskva (HY 602), Istanbul (HY 274), Sankt-Peterburg (HY 632), Riga (HY 104) reyslarining kelishi kechikdi. Shuningdek, Moskva (HY 603), Bangkok (HY 533), Dehli (HY 425) tomon uchadigan reyslar parvozi ham biroz ushlanib turibdi.

Mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha Farg‘ona (HY 86), Navoiy (HY 24 va HY 38), Urganch (HY 56) reyslarining kelishi va Urganch ( HY 51), Qarshi (HY 79), Buxoro (HY 21) reyslarining uchib ketishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Xorijiy aviakompaniyalarning reyslari va jadvali buzilgan. Xalqaro reyslar orqali keluvchilarning bir qismi xorijiy aerodromlarga yo‘naltirilgan, xususan, Moskvadan keladigan “Aeroflot” (SU 1870) — Bishkekka, Moskvadan keladigan “O‘zbekiston havo yo‘llari (HY 602) — Namanganga, Istanbuldagi (HY 274) — Navoiyga, Sankt-Peterburgdan keladigan (HY 632) — Namanganga, Rigadan keluvchi (HY 104) reys esa — Buxoroga.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют