» » AQSh Okinavada vertolyotlar parvozini yana yo‘lga qo‘yadi. Ulardan biri illyuminatorini maktabga tushirib yuborgan edi

AQSh Okinavada vertolyotlar parvozini yana yo‘lga qo‘yadi. Ulardan biri illyuminatorini maktabga tushirib yuborgan edi


AQSh harbiy qo‘mondonligi janubiy yapon oroli Okinavada dengiz piyoda qo‘shinlari og‘ir transport vertolyotlari CH-53 parvozlarini yana yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Ulardan biri 13-dekabr kuni mahalliy maktab sport maydonchasiga og‘irligi sakkiz kilogrammga yaqin illyuminatorini tushirib yuborgan edi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

18-dekabr, dushanba kuni mahalliy hokimiyatga bu uchuvchi xatosi natijasi ekanligi va mashina nosozligi bilan bog‘liq bo‘lmaganligi ma’lum qilindi.

Amerika qo‘mondonligi qarori Okinava rasmiylari noroziligiga sabab bo‘ldi. Okinavadagi munitsipalitetlar hozirda birin-ketin hodisa bilan bog‘liq norozilik bayonotlarini qabul qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13-dekabr tongida Amerikaning Futemma harbiy bazasiga tutash maktab sport maydonchasiga vertolyot illyuminatori qulaganligi haqida xabar berilgan edi.

18-dekabr, dushanba kuni AQSh harbiy qo‘mondonligi vakillari maktabga keldi va uzr so‘radi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют