» » Okinavada amerikalik mast harbiy yapon fuqarosining umriga zomin bo‘ldi

Okinavada amerikalik mast harbiy yapon fuqarosining umriga zomin bo‘ldi


Yaponiya politsiyasi Okinava prefekturasi ma’muriy markazi Naxa shahrida AQSh qurolli kuchlari yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasini tekshirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yuk mashinasini boshqargan dengiz piyodasi yo‘l qoidalarini buzgani va qizil chiroqda chorrahaga chiqib kelgani bildirilmoqda. Bu payt uni kichik yuk furgoni kesib o‘tayotgandi.

Mashina jiddiy shikastlandi, uni boshqargan 60 yoshli yapon kasalxonada olamdan o‘tdi.

AQSh harbiysi avariyada jabrlanmadi va politsiya bo‘limiga yetkazildi. Tahlil natijalari uning mast ekanligi, namunadagi alkogol moddalari me’yordagidan uch barobar ko‘pligini ko‘rsatdi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют