» » AQShning yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya va Xitoy tahdid sifatida belgilandi

AQShning yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya va Xitoy tahdid sifatida belgilandi


Oq uy saytida prezident Donald Tramp imzolagan AQSh milliy xavfsizlik strategiyasining yangilangan tahriri e’lon qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

68 sahifali hujjatda mamlakat oldida turgan global tahdidlar belgilangan. Tashqi siyosiy sahnada ular qatoriga Rossiya va Xitoy kiritilgan.

“Xitoy va Rossiya Amerika xavfsizligi va farovonligini qo‘porishga intilib, AQSh hukmronligi, nufuzi va manfaatlariga xavf solmoqda. Ular jamiyatni o‘z izmiga solish va ta’sirini kengaytirish uchun harbiy qudratini oshirish va axborotni nazorat qilishga urinmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Shuningdek, strategiyada Shimoliy Koreya va Eron, shuningdek, IShID va “Al-Qoida” AQSh hamda uning ittifoqdoshlariga tahdid sifatida ko‘rsatilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют