» » Yaponiyada ikki qotilga nisbatan o‘lim jazosi hukmi ijro etildi

Yaponiyada ikki qotilga nisbatan o‘lim jazosi hukmi ijro etildi


19-dekabr kuni Yaponiyada qotillik uchun sudlangan shaxslarga nisbatan ikkita o‘lim jazosi hukmi ijro etildi, deb yozadi “Vesti”. Ikkala mahbus ham o‘limga mahkumlar kamerasida o‘z qismatini yigirma yildan ortiq vaqt davomida kutgan.

Qatl etish haqidagi tegishli farmoyishlar adliya vaziri Yoko Kamikava tomonidan imzolandi. Bundan avvalgi o‘lim jazosi hukmi Yaponiyada 2017-yil iyulida ijro etilgan edi.

Qatl etilganlardan biri — 44 yoshli Teruxiko Seki 1992-yilda o‘g‘rilik chog‘ida to‘rt kishilik oilani o‘ldirgan. O‘sha paytda Seki 19 yoshda bo‘lgan va voyaga yetmagan deb hisoblangan. Shu tufayli unga nisbatan o‘lim jazosi hukmi Yaponiya jamoatchiligi orasida kuchli bahslarni keltirib chiqargan.

Ikkinchisi — Kioshi Matsui bo‘lib, u 1994-yilda o‘z ma’shuqasini va uning ota-onasini o‘ldirgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют