» » Nyu-Jersidagi fermada rang-barang archalar yetishtiriladi (foto)

Nyu-Jersidagi fermada rang-barang archalar yetishtiriladi (foto)


AQShning Nyu-Jersi shtati Belvider shahrida joylashgan Wyckoff’s Christmas Tree Farm fermasida rang-barang archalar yetishtiriladi, deb xabar beradi Forum Daily.

Fermerlar mijozlarga yetti xil rangdagi archalarni taklif etmoqda.

Daraxtlarga Kirk Specialty Colorant bo‘yog‘i purkalganidan so‘ng ular kerakli rangga kiradi. Shundan so‘ng rangli archalar bir futi (30—48 santimetr) uchun 12 dollardan sotiladi.

1958-yildan beri archa yetishtirish bilan shug‘ullanadigan Wyckoff’s Christmas Tree Farm fermasi 26,3 gektar hududda joylashgan.

Ferma egasi kichik Jon Uaykoffning aytishicha, Rojdestvo archalari uchun maxsus ishlab chiqilgan lateks asosidagi bo‘yoq o‘simliklar uchun xavfsiz hisoblanadi.

Biroq shamol, havo harorati va daraxtning o‘lchami va qo‘llash tartibi kabi omillar ustki qoplamaning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Fermada bir yilda besh mingta turli daraxtlar yetishtirilsa-da, u rangli archalari tufayli mashhur bo‘lib ketgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют