» » Peru prezidenti lavozimidan olishga urinishlarni davlat to‘ntarishi deb atadi

Peru prezidenti lavozimidan olishga urinishlarni davlat to‘ntarishi deb atadi


Peru prezidenti Pedro Kuchinski unga nisbatan uyushtirilgan impichment jarayoni konstitutsiya va demokratiyaga hujum ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u 20-dekabr, chorshanba kuni “Ene” mahalliy telekanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efiridagi xalqqa murojaatida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Konstitutsiya va demokratiya hujumga uchradi. Biz go‘yoki qonunchilikni qonuniy talqin etish bilan niqoblangan davlat to‘ntarishiga (urinish) to‘qnash keldik. Biroq muxolifatchilarimizning maqsadlari ularning shoshilinch va noqonuniy xatti-harakatlari tufayli oshkor bo‘ldi. Ular butun hokimiyat faqat birgina guruhga tegishli bo‘lishini istamoqda”, — deydi Peru yetakchisi.

Kuchinski iste’foga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Peru prezidenti uni lavozimidan olish bo‘yicha parlament debatlarida o‘z mandatini himoya qilishga va’da berdi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют