» » KXDRdan yana bir harbiy qochib ketdi

KXDRdan yana bir harbiy qochib ketdi


KXDRlik harbiy xizmatchi Janubiy Koreyaga qochib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Xabarda qayd etilishicha, harbiy unvoni yuqori bo‘lmagan harbiy xizmatchi Janubiy koreyalik chegarachilar tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi quruqlik chegarasida 21-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da to‘xtatib qolingan.

Chegaradan qochib o‘tgan harbiy xizmatchining xatti-harakatlaridan qanday maqsad ko‘zlanganini tegishli tashkilotlar o‘rganmoqda.

Shimoliy koreyalik askarning mamlakatdan qochishi so‘nggi marta noyabr oyida kuzatilgan edi. KXDR chegarachilari unga qarata o‘q uzgan, natijada harbiy xizmatchi yaralangan edi. Shunday bo‘lsa-da, askar chegarani kesib o‘tib, Janubiy Koreyaga kirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют