» » So‘rov: Rossiyaliklarning 69 foizi Putinga ovoz berishga tayyor

So‘rov: Rossiyaliklarning 69 foizi Putinga ovoz berishga tayyor


Vladimir Putinning Rossiya prezidenti sifatidagi faoliyati fuqarolarning 80 foizini qoniqtiradi. Bu “Jamoatchilik fikri” fondi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

So‘rov 16–17-dekabr kunlari Rossiyaning 207 aholi yashash punktlarida o‘tkazildi.

Undan ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning 69 foizi Putinni prezidentlikka qayta saylashni xohlaydi. Respondentlarning 67 foizi unga ijobiy munosabatdagiligini ta’kidladi.

Reytingda undan keyingi o‘rinda Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy turibdi — respondentlarning 8 foizi unga ovoz berishga tayyor. Uchlikka Gennadiy Zyuganov 3 foiz ovoz bilan yakun yasadi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют