» » Endi O‘zbekistonda hujjatlar nusxalarini notarial tasdiqlash kerak bo‘lmaydi

Endi O‘zbekistonda hujjatlar nusxalarini notarial tasdiqlash kerak bo‘lmaydi


O‘zbekiston hukumati 20-dekabrdagi qarori bilan fuqarolarga va biznesga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini ahamiyatli tarzda yengillashtirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Endi faqat chet elda amal qilishi kerak bo‘lgan, chet davlatlar organlari tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlardan, apostil qo‘yilishi va qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan hujjatlardan, shuningdek, bevosita qonunda ko‘zda tutilgan holatlardagina notarial tasdiqlangan nusxalar talab etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilayotgan hujjatlar nusxalari endi davlat xizmatini ko‘rsatayotgan organning o‘zi tomonidan tasdiqlanadi.

Qaror orqali notarial tasdiqlangan hujjat nusxalarini taqdim etish zaruriyatini bekor qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning uzun ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Masalan, Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiskani rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni endi notarial tasdiqlash zarur emas.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют