» » Qashqadaryo madrasasining talabasi bir o‘tirishda Qur’oni Karimni to‘liq yoddan o‘qib berdi

Qashqadaryo madrasasining talabasi bir o‘tirishda Qur’oni Karimni to‘liq yoddan o‘qib berdi


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy madrasasining talabasi Nurislom Umbarov Qur’oni Karimni to‘liq yoddan o‘qib berdi, deb xabar qiladi “Azon.uz”.

“Amaliyot o‘tash uchun Toshkent islom institutidan shu madrasaga jo‘natilgan edi. Kelgan ilk kunlaridan boshlab Qur’oni Karimni topshira boshladi. Dastlab 5 varaqdan topshirishni boshlab keyin 10 varaqdan topshirdi. Amaliyotimning so‘nggi kunida esa bir o‘tirishda Qur’oni Karimni to‘liq yoddan o‘qib berdi”, — deydi nashr suhbatdoshi.

Nurislom sahar soat to‘rtda Qur’onni o‘qib berishni boshladi. Shu vaqtdan boshlab dam olish kuni bo‘lsa-da, talabalar xizmatni boshlab yubordi. Bomdod namozigacha 8 juz o‘qib bo‘lindi. Bomdodni masjidda jamoat bilan o‘qib bo‘lib, talabalar tayyorlab qo‘ygan nonushtani tanovul qildi. Qori bir juz uchun o‘rtacha 22—20 minut sarfladi. Ba’zi juzlarda bir necha marta to‘xtalgan bo‘lsa, ba’zi juzlarda umuman to‘xtalmadi. Kechki soat 16:30 da 30 pora Qur’onni to‘liq o‘qib berdi, deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют