» » MSK: Rossiya prezidentligi saylovlarida ishtirok etishni istaganlar soni 45 kishiga yetdi

MSK: Rossiya prezidentligi saylovlarida ishtirok etishni istaganlar soni 45 kishiga yetdi


Rossiyadagi Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) prezidentlik uchun nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha saylovoldi syezdlarini o‘tkazish to‘g‘risida 20 ta partiyadan xabar kelib tushgan, shuningdek, saylovlarda 25 ta odam o‘z nomzodini ilgari surgan. Bu haqda MSK a’zosi Yevgeniy Shevchenko jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Bugungi kunda MSKga 20 ta partiyadan va saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatish orqali ishtirok etmoqchi bo‘lgan 25 nafar kishidan xabarnomalar kelib tushdi”, — dedi Yevgeniy Shevchenko.

Shevchenkoning ta’kidlashicha, 18 ta partiya o‘z syezdlarini amalga oshirib bo‘lgan. Yaqin kunlarda Rossiya demokratik partiyasi va Xalq partiyasining syezdlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiya birlashgan mehnat fronti partiyasi 27-dekabr kuni Moskvada qayta syezd o‘tkazish bo‘yicha xabar bergan.

Oldinroq MSK syezd haqida o‘z vaqtida ma’lum qilinmaganligi sabab partiyaning vakolati shaxsini ro‘yxatdan o‘tkazishni istamagan edi.

Hozirda LDPR yetkachisi Vladimir Jirinovskiy, “O‘sish partiyasi” raisi, biznes-ombudman Boris Titov, “Yabloko” partiyasi asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy va “Rossiya kommunistlari” rahbari Maksim Suraykin nomzodlarni ko‘rsatish tartibidan to‘liq o‘tib bo‘ldi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют