» » 2018-yilda 10 000 nafar o‘zbekistonlik umra ziyoratini ado etadi

2018-yilda 10 000 nafar o‘zbekistonlik umra ziyoratini ado etadi


26-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida haj va umra safarlari bo‘yicha Saudiya Arabistonidagi hamkor “al-Hidoya” shirkati rahbari Shayx Solih Solim Bahvayniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonni din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov kutib oldi.

Usmonxon Alimov uchrashuv avvalida “al-Hidoya” shirkati bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelinayotgani, haj va umra safarlari muvaffaqiyatli o‘tayotganini bildirdi.

Shuningdek, kelgusi haj va umra safarlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatishni yuqori darajaga ko‘tarish, mehmonxona, transport xizmati va taomlar sifatini yanada yaxshilash, Mino va Muzdalifa vodiylarida yetarli joy ajratishga erishish hamda ishchi, oshpazlar va tibbiyot guruhlarini barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash kabi masalalarni alohida qayd etdi.

Xabarda qayd etilishicha, hamkor “al-Hidoya” shirkati rahbari Shayx Solih Solim Bahvayniy barcha masala va talablarni bajarishga imkoni borligini bildirib, ishonchni to‘la oqlash uchun bor kuch-quvvatini ishga solishini ta’kidlagan.

U so‘zining yakunida o‘zaro ishonchli hamkorlik uchun minnatdorlik izhor qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Umra–2018” mavsumi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, bahor mavsumida 8500, ramazon mavsumida 1500 nafar o‘zbekistonliklar umra ziyoratini ado etishi belgilangan. “Umra – 2018” 2018-yil 1-fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют