» » O‘zbekiston Prezidenti Ibrohim G‘afurovni 80 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Ibrohim G‘afurovni 80 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tarjimon, adib va olim, O‘zbekiston san’at arbobi Ibrohim G‘afurovni 80 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tabrikda, jumladan, shunday deyiladi:

“Sizning yigirmanchi asr o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan buyuk so‘z san’atkorlarining murakkab va ibratli hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan teran adabiy tadqiqotlaringiz, ‘Go‘zallikning olmos qirralari’, ‘Joziba’, ‘Yonar so‘z’, ‘Yam-yashil daraxt’, ‘Hayo – xaloskor’, ‘Mangu latofat’ singari o‘quvchilar qalbidan chuqur joy olgan kitob va risolalaringiz o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining yorqin sahifalarini tashkil etadi.

O‘zbek kitobxoni Sizning zahmatli izlanishlaringiz tufayli jahon adabiyotining mumtoz namunalarini, jumladan, Lev Tolstoy, Gi de Mopassan, Fyodor Dostoyevskiy, Jeyms Joys, Ernest Xeminguey, Fridrix Nitsshe, Gabriel Garsia Markes, Chingiz Aytmatov singari betakror ijodkorlarning asarlarini o‘z ona tilida o‘qishga muvaffaq bo‘ldi”.

Tabrikda Ibrohim G‘afurov mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Oliy Majlis deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari sifatida demokratik islohotlarni hayotga joriy etish, xususan, milliy qonunchilik asoslarini mustahkamlash va OAVni rivojlantirish borasida jonbozlik ko‘rsatgani qayd etilgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют