» » Saudiya Arabistonida g‘arblik biznesmenlar ham qiynoqqa solinayotgani ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonida g‘arblik biznesmenlar ham qiynoqqa solinayotgani ma’lum bo‘ldi


Saudiya Arabistonida korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha qo‘lga olinganlar orasida G‘arb mamlakatlaridan 17 nafar biznesmen borligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Nashr manbalariga ko‘ra, ayni paytda sakkiz nafar AQSh fuqarosi, olti nafar britaniyalik va uch fransiyalik ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning ba’zilari Saudiya Arabistonida vaqtinchalik ruxsatnoma bilan ishlayotgan bo‘lgan, boshqalari mamlakatda uzoq vaqtlardan buyon yashab kelgan va istiqomat uchun guvohnomaga ega bo‘lgan. Ular, qo‘lga olingan saudiyaliklar kabi, turli qiynoqlarga va haqoratlarga duchor bo‘lmoqda. Ularning barchasi Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton mehmonxonasida tutib turilibdi.

Ammo bu axborotni Saudiya Arabistoni hukumati ham, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumatlari ham izohlashdan bosh tortdi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют