» » Samvel Babayan sabab milliy termada ham o‘ynagan Javohir Sohibov ham “Paxtakor” bilan xayrlashdi

Samvel Babayan sabab milliy termada ham o‘ynagan Javohir Sohibov ham “Paxtakor” bilan xayrlashdi


Sherzod Karimov hamda Igor Sergeyevdan keyin navbat yarim himoyachi Javohir Sohibovga yetib keldi. Mazkur futbolchi kelasi mavsumni boshqa klub safida o‘tkazadi. Bu haqda “Paxtakor” matbuot xizmati xabar berdi.

Sohibov “paxtakorchilar” uchun jami 51 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, 5 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi. Jarohatiga qadar Samvel Babayan uni milliy terma jamoaning asosiy tarkibida ham bir qator o‘yinlarda maydonga tushirgandi.

Xabarga ko‘ra, Javohirning “Paxtakor” bilan shartnomasi yakuniga yetgan. Shundan kelib chiqib, klub va futbolchi o‘zaro kelishib, xayrlashishgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumlarda mamlakat chempioni bo‘lgan futbolchi kelgusi taqdirini qaysi klub bilan bog‘lashi hozircha ma’lum emas.

Bundan tashqari, Temur Tolipov hamda Oybek Nurmatov ham endi “Paxtakor” safida to‘p surmaydi. O‘tgan mavsumni “Navbahor” va “Obod” klublarida ijarada o‘tkazgan Tolipov “Paxtakor”ning 16 ta o‘yinida harakat qilgandi. Nurmatov esa ijara asosida “Andijon”da to‘p surgandi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют