» » Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘iziston pasporti bilan qo‘lga olindi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘iziston pasporti bilan qo‘lga olindi


Rossiyaning Obninsk shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan qalbaki pasportli haydovchi qo‘lga olindi, deb yozadi KNews. Haydovchilik guvohnomasi o‘rniga, u 1987-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi nomidagi pasportni taqdim etdi.

Xodimlar hujjatni ko‘zdan kechirib, qalbakilik belgilarini aniqladi. Fuqaroni navbatchi qismga yetkazishdi, u yerda uning haqiqiy shaxsiy aniqlandi. Aslida u Qirg‘izistonda emas, O‘zbekistonda va 1987-yilda emas, 1982-yilda tug‘ilgan ekan. Muqaddam o‘g‘rilik uchun sudlangan.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, uning haqiqiy pasporti mart oyida yonib ketgan va Moskvada 7 ming rublga notanish kimsa unga yangi pasport yasab bergan. Fuqaroga nisbatan hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar, blanklarni qalbakilashtirish, tayyorlash va sotish haqidagi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют