» » Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet ellik ekstremist qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet ellik ekstremist qo‘lga olindi


Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining xalqaro qidiruvda bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, Knews xabar bermoqda.

Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari tomonidan qidirilayotgan edi.

“U ekstremistik tashkilotning faol a’zosi bo‘lgani holda, jinoiy javobgarlikdan Qirg‘izistonda yashirinib kelgan. U shu yerda legallashib, keyingi targ‘ibot faoliyatini tashkil etish uchun yashirin diniy-ekstremistik tashkilot tuzishni rejalashtirgan. Qo‘lga olingan erkak, uni javobgarlikka tortish uchun, vakolatli hamkor-organlar vakillariga topshirilgan”, — deyiladi qo‘mita axborotida.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют