» » Bishkekda bo‘lib o‘tgan Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Bishkekda bo‘lib o‘tgan Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi


26-dekabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha birinchi xalqaro chempionat bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kubik assotsiatsiyasi (WCA) tomonidan tashkilashtirilgan chempionatda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan bo‘lgan 200 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etdi, deb xabar berdi “MyTAshkent.uz”.

Bellashuv oltita nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi: 3x3x3 Cube, 2x2x2 Cube, 4x4x4 Cube, 3x3x3 One-Handed, Pyraminx, Skewb. Musobaqada O‘zbekiston nomidan to‘rt nafar o‘quvchi ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.

Toshkent shahridagi 279-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Temur Mavlonov oltita nominatsiya bo‘yicha to‘rttasida birinchi o‘rinni egalladi: 3x3x3 Cube, 4x4x4 Cube, 3x3x3 One-Handed va Skewb.

Davron Boymatov 2x2x2 Cube yo‘nalishi bo‘yicha, Nikolay Kim esa 3x3x3 One-Handed va Skewb yo‘nalishlari bo‘yicha 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют