» » 2018-yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik hali boshlanmagan. Ziyorat narxi ham belgilanmagan

2018-yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik hali boshlanmagan. Ziyorat narxi ham belgilanmagan


O‘zbekistonda 2018-yilgi Haj ziyorati uchun to‘lov qiymati sezilarli (45 million so‘mgacha) oshirilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu xabarlarga munosabat bildirdi.

Diniy idoraning Toshkent shahar vakilligi hozirgi vaqtda 2018-yilgi Haj ziyorati bo‘yicha narxlar belgilanmagani va bu borada taxminiy ma’lumotlar ham yo‘qligini bildirgan.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan 2018-yilda O‘zbekistonda Haj ziyorati uchun narxning ancha qimmatlashgani haqidagi xabarlar turli fikrlar, tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Achinarlisi, bunday asossiz ma’lumotni masjid imom-xatibi qandaydir mish-mishlarga ishonib o‘z sahifasida tarqatgan... Aslida imom-xatib Haj ziyorati narxi bo‘yicha hech qanday rasmiy ma’lumotga ega emas.

Hozirda 2018-yilda Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolardan to‘lovlar qabul qilinmoqda. 2018-yilgi Haj bo‘yicha hech qanday aniq narx belgilanmagan va taxminlar ham yo‘q.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj mavsumiga tayyorgarlik Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan so‘ng boshlanishini ma’lum qilgan.

Hozirgi kunda internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalarida Haj mavsumining narxi masalasida bildirilgan ma’lumot fuqarolar orasida turli asossiz muhokamalarga sabab bo‘lmoqda...

Haj mavsumiga tayyorgarlik ishlari O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan so‘ng boshlanadi. Ushbu uchrashuvda Haj mavsumini namunali, tartibli va eng yuqori darajada o‘tkazish masalalari muhokama qilinadi...

Fuqarolarimizdan mazkur masalalarda mutasaddi vazirlik va idoralar bergan ma’lumotlarga e’tibor qaratishlarini, har qanday noxolis ma’lumotlarga ishonib ketavermasliklarini tavsiya etamiz.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Опубликовано: admin (29-12-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют