» » Pentagon: AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlaydi degan ayblov — yolg‘on

Pentagon: AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlaydi degan ayblov — yolg‘on


Pentagon AQSh IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlaydi degan ayblovni bema’ni deb atadi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlaydi degan gap yolg‘on va bema’ni. Biz IShIDni tayyorlamaymiz. Biz hamkorlarimiz bilan IShID jangarilarini yo‘q qilish ustida ishlaymiz”, — dedi Amerika idorasining rasmiy vakili Rebekka Riberix.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova jangarilar 27-dekabr kuni Latakiya xalqaro aeroporti va Rossiya kuchlarining Xmeymimdagi bazasiga bir nechta raketalarni uchirgani haqida xabar bergandi. Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Frans Klinsevich ushbu hujum AQSh ishtirokisiz amalga oshishi mumkin emasligini ta’kidlagan edi.

Pentagon vakilining qayd etishicha, bu borada “hech qanday isbot yo‘q”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Rossiya amaldorlari tomonidan bildirilgan bema’ni bayonotlarga ishonishiga biror-bir asosi yo‘q”.

Shu bilan birga Rebekka Riberix otishmaga izoh berishdan bosh tortdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют