» » Samsung AddWash qo‘shimcha kiyimlarni kir yuvish jarayonining o‘zida qo‘shish imkoniyatini beradi

Samsung AddWash qo‘shimcha kiyimlarni kir yuvish jarayonining o‘zida qo‘shish imkoniyatini beradi


Samsung AddWash kir yuvish mashinasi ishga tushib bo‘lgan bo‘lsada, yoddan ko‘tarilgan kiyimlarni qo‘shib yuborishda yordam beradi.

Samsung’ning AddWash seriyasidagi kir yuvish mashinalarining asosiy lyukining ustki qismida qo‘shimcha eshikchasi bor. Uning yordamida kir yuvish jarayonining istalgan paytida istalgan narsalarni solish mumkin: yoddan ko‘tarilgan jinsilar, divan tagidan tasodifan topilgan paypoq, yuvilishi talab etilgan futbolka. Shuning uchun hattoki xotirasidan ko‘p narsalar tezda ko‘tariluvchi uy bekalari ham muammosiz kir yuvishi mumkin: maxsus eshikchani kir yuvish paytining o‘zida, suvni chiqarib yubormagan holda ochish mumkin.

Eshikcha ustki lyukning tepasidagi qismida joylashgan bo‘lib, shunday loyihalashtirilganki, suv chiqib ketish xavfini butunlay yo‘q qiladi. “Tanaffus” tugmachasini bosish, eshikchani ochish va yoddan ko‘tarilgan kiyimlarni yoki kiyim-kechak uchun konditsionerni solish mumkin.

Shu bilan birga, kir yuvish bosqichini nazorat qilsa bo‘ladi. Kir yuvish bosqichi haqidagi barcha kerakli ma’lumot kir yuvish mashinasi displeyida yoki smartfoningiz ekranida chiqariladi.

Kompaniya yangi texnologiyalari kiyimni yaxshilab yuvishni ta’minlaydi, shu bilan birga, qimmatli vaqt va elektr energiyasi ancha tejaladi.

Kir yuvish sifati uchun EcoBubble maxsus texnologiyasi javob beradi. U sizning kiyimlaringizni xuddi yangidek ko‘rinishini ta’minlaydi. Kir yuvish boshlanishidan avval maxsus generator kir yuvish vositasini suvda eritadi va uni ko‘pikka aylantirib, havo pufakchalarini tashkil qiladi. Ideal oq rangli ko‘pik matoga kirib borib, kir joylarni ehtiyotkorlik bilan ketqizadi.

EcoBubble texnologiyasi samarali ishlashi uchun Diamond Drum maxsus barabani ishlab chiqilgan. Diamond barabani teshigi oddiy kir yuvish mashinalari barabaniga qaraganda ancha kichik. Kiyim va baraban devorchalari orasida doim suv qatlami bo‘lib, kiyim matosi baraban elementlariga tegmaydi hamda dastlabki ko‘rinishini saqlaydi. Bu esa o‘z navbatida ishqalanishni kamaytiradi hamda matoga zararli ta’sirni yo‘qotadi.

AddWash kir yuvish mashinalarida raqamli boshqaruvga (DIM) ega invertorli motor shovqinning past darajasini, tejamkorlik va yuqori ish resursini ta’minlaydi.

DIM ishqalanish mexanizmlar o‘rniga magnit bilan jihozlangan. Bu harakatlanayotgan qismlar ishqalanishini oldini oladi va mashina ichki elementlari muddatidan avval ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aynan shu jihat Samsung kir yuvish mashinalarining barcha invertorli dvigatellariga 10 yillik kafolat berilishiga imkon yaratadi.

Samsung VRTplus texnologiyasi kir yuvish chog‘ida tebranish va shovqinni bartaraf etadi. Raqamli datchiklar kiyim-kechak barabanda teng taqsimlanishini kuzatadi. Agarda tebranish yuqori (kiyim-kechak bir joyga to‘planib qolgan) bo‘lsa, ma’lumot raqamli qayta ishlash protsessoriga beriladi, protsessor esa mashina motoriga buyruq beradi va baraban to‘xtaydi, boshqa tomonga qarab aylanishni boshlaydi va hokazo – tebranishni toxtatadi, mashina ichida kiyimlar to‘g‘ri taqsimlanishi uchun choralar ko‘riladi.

Bularga qo‘shimcha ravishda jozibali hamda esda qolarli dizayn, korpus rangining ikki xil turini (klassik oq va Innox – zanglamas po‘lat) qo‘shish mumkin.

Janubiy koreyalik muhandislar ushbu texnologiyalarni kir yuvish qurilmalarida mujassamlashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Oqibatda zamonaviy va samarali kir yuvish mashinalarini yaratishdi.

Samsung AddWash kir yuvish mashinalarida ko‘plab texnologiyalar va qulayliklar amalga oshirilgan, bu kir yuvishni yengil hamda samarali bo‘lishi, kir yuvish mashinasi uzoq yillar davomida ishlashi, tejamkor va shovqinsiz bo‘lishi uchun qilingan.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (30-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют