» » The Beatles barabanchisi Ringo Starrga ritsar unvoni berildi

The Beatles barabanchisi Ringo Starrga ritsar unvoni berildi


Britaniyalik musiqachi, The Beatles guruhi barabanchisi Ringo Starr ritsar unvonini oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy byulleteni The London Gazette xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Ringo Starr musiqadagi xizmatlari uchun ritsar unvoniga loyiq deb topildi. U unvonni haqiqiy ismi — Richard Starki bilan oldi. Ritsar maqomi uning ismiga “ser” qo‘shimchasini qo‘shish imkonini beradi.

Shuningdek, Bee Gees guruhi asoschilaridan biri Barri Gibb ham ritsar unvoniga loyiq deb topildi. U unvonni musiqadagi yutuqlari va xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi uchun oldi.

77 yoshli Ringo Starr 1962-yildan 1970-yilga qadar The Beatles kvarteti tarkibida musiqa chalgan. Ringo Starrdan tashqari The Beatles sobiq qatnashchilaridan biri Pol Makkartni ham ritsar unvoniga ega.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют