» » Hindistonda bir yo‘la 250 ta kambag‘al juftlikning to‘yi o‘tkazildi (fotogalereya)

Hindistonda bir yo‘la 250 ta kambag‘al juftlikning to‘yi o‘tkazildi (fotogalereya)


Hindistonda to‘y — qimmatbaho marosim. Odatda uni kelinning oilasi o‘tkazadi, ular kuyovga qalin sifatida sovg‘alar va pul beradi. Bundan tashqari, qizning oilasi yuzlab mehmonlar, asosan qarindoshlar va yoshlarning tanishlari uchun to‘kin-sochin ziyofat uyushtirishi kerak. Oilada ota bo‘lmasa yoki oila juda kambag‘al bo‘lsa qizning turmushga chiqishi deyarli imkonsiz.

Qimmatbaho toshlar bilan shug‘ullanuvchi hindistonlik biznesmen Maxesh Savani bir necha yildan buyon ommaviy to‘ylar uyushtiradi. Yaqinda Surat shahrida ana shunday tantana o‘tkazildi. Unda 251 juft kelin-kuyovning to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi TravelAsk.

Savani kanyadan marosimini amalga oshirdi. U odatda qizini turmushga berayotgan otalar tomonidan amalga oshiriladi. Milliarder qizlarni turmushga bera turib, ilohiy marhamatga erishishiga ishonadi.

Savanining hikoya qilishicha, u ilk bor shunday to‘yni 2008-yilda o‘tkazgan. O‘shanda uning xodimlaridan biri qizining to‘yi oldidan vafot etgan edi.

Olmos magnati nafaqat tantanalar o‘tkazib beradi, balki yoshlarga hashamatli sovg‘alar ham hadya qiladi. O‘tgan yillarda u kelin-kuyovlarga mebel va maishiy buyumlar sovg‘a qilgan, shuningdek, har bir kelin 500 ming rupiy hadya olgan.

Kelin-kuyovlar orasida bir xristian va beshta musulmon juftligi, shuningdek, OIVga chalingan ikki kelin ham bor

Millioner xristian kelin Priyanka Gamitga duo bermoqda

Marosimga tayyorgarlik

To‘y marosimlari

Xristian juftligi

To‘yni tomosha qilish uchun minglab odam keldi

Опубликовано: admin (31-12-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют