» » Fotogalereya: Eng uzoq umr ko‘ruvchi 10 organizm

Fotogalereya: Eng uzoq umr ko‘ruvchi 10 organizm


Odamlar, agarda o‘z sog‘liqlari haqida jiddiy qayg‘ursalar, 150 yoshga kirishlari mumkinligi ba’zi manbalarda aytiladi. Lekin Yer yuzida shunday organizmlar ham borki, uzoq umr ko‘rish bo‘yicha inson hech qachon ularga yeta olmaydi, deb yozadi TravelAsk.

Sudraluvchilar orasida eng uzoq umr ko‘radigani shu’lali toshbaqalar hisoblanadi. Ulardan biri Tonga rahbariga tegishli edi. Tui Malila laqabli bu jonivor 188 yil yashadi.

Toshbaqalarning bu turi yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, hozirda faqat Madagaskarda uchraydi.

Sut emizuvchilar orasidagi rekordchi esa Grenlandiya kitidir – u 200 dan oshishi mumkin.

Ilgari olimlar bu jonivorlar 70 yilcha umr ko‘radi deb hisoblardi. Lekin ayrim kitlarning tanasida XIX asr garpunlari topilganidan so‘ng bu boradagi qarashlar o‘zgardi.

Arctica Islandica mollyuskalari koloniyalar hosil qilmay, yolg‘iz yashaydigan jonzotlar orasida eng uzoq umr ko‘radiganlardan. Fanga ma’lum bo‘lgan Min laqabli eng keksa mollyuska 507 yoshda halok bo‘lgan.

Armillaria Solidipes to‘nka zamburug‘i fanda rostakam shov-shuv keltirib chiqardi. Bir necha yil muqaddam olimlar yer ostidan qo‘ziqorinlar koloniyasini topib oldi. 5 kvadrat kilometr hududni egallagan koloniyadagi ayrim zamburug‘larning yoshi 2 400 da ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qiltiqli tog‘ qarag‘ayi ko‘hna sivilizatsiyalar bilan tengdoshdir. Bu ignabargli daraxt biror o‘ziga xos funksiyaga ega emas, shunga qaramay, ming yillar davomida yashay oladi. Bu turdagi eng qadimiy daraxt Mafusail deb nomlangan bo‘lib, u 5062 yoshda.

Uch tishli larreya butasi esa qarag‘aydan ham o‘zadi. 1970-yilda Frenk Vasek tomonidan Moxave cho‘lida ildiz tizimi deyarli abadiy bo‘lgan buta topildi. Uning shoxlari bir—ikki yuz yilda nobud bo‘lishiga qaramay, organizmning o‘zi 11 000 yil yashay oladi.

Bakteriyalar shtammi, ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mana shuncha yashaydi. Ammo 90-yillar o‘rtasida bir guruh olimlar 40 million yil avvalgi asalari qahrabosidan topilgan bakteriyalarni tiriltirishga muvaffaq bo‘lganini xabar qildi. 2000-yillarda esa 250 million yillik tuz kristallaridan topilgan bakteriyalar tiriltirildi.

Pando teraklar koloniyasi 80 000 yildan beri mavjud. Bu organizmlar o‘zini klonlashtirishga qodir.

O‘rtayer dengizi tubida koloniya bo‘lib o‘sadigan Posidoniya o‘ti 200 000 yil yashay oladi. Ammo uning adadi global iqlim muammolari hamda qirg‘oqlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib bormoqda.

Olimlar Turritopsis Dohrnii meduzalarini hech qachon o‘lmaydigan jonivor, deya taxmin qiladi. O‘lim soya solganida, bu tur meduza o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichi — poliplar shakliga qaytib, o‘zidan klon chiqaradi. Bu jarayon cheksiz miqdorda takrorlanishi mumkin.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют