» » O‘zbekistonda avtotransport ijarasining minimal stavkalari saqlab qolindi

O‘zbekistonda avtotransport ijarasining minimal stavkalari saqlab qolindi


O‘zbekiston hukumati 2018-yilda avtotransport vositalari ijarasining yangi minimal stavkalarini saqlab qoldi, deb xabar beradi UzDaily.

Minimal stavkalar avtotransport vositalarini ijaraga berganda soliq bazasini kamaytirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘rnatildi.

Mazkur mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxslardan daromad solig‘i shartnomada ko‘rsatilgan ijara to‘lovi summasidan, o‘rnatilgan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda undiriladi.

Stavkalar turiga qarab har bir avtotransport vositasiga belgilangan. Yengil avtomobillar uchun bir oylik ijaraning minimal stavkasi 330 ming so‘m, boshqa turdagi avtotransport vositalari (mikroavtobus, avtobus, yuk mashinalari) uchun esa 645 ming so‘m deb belgilandi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют