» » Surxondaryoda 140 imkoniyati cheklangan oila Yangi yilni yangi uyda qarshi oldi

Surxondaryoda 140 imkoniyati cheklangan oila Yangi yilni yangi uyda qarshi oldi


2017-yilda Termiz shahrida zamonaviy qulayliklarga ega 7 qavatli beshta arzon turar joy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Tumandagi qishloqlarda 1000 dan ortiq yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joy qad rostladi.

Shuningdek, odamlarning turar joyga talabi o‘rganilib, 16 mingga yaqin oilaga uy-joy qurish va yordamchi xo‘jalik yuritish uchun to‘rt sotixdan yer maydoni ajratib berildi.

“Yangi yil bayrami arafasida viloyatda bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezident sovg‘asi – zamonaviy uylar kaliti topshirilgani ham xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik, ezgulik singari go‘zal fazilatlarimizni yanada keng namoyon etib, nogironligi bo‘lgan shaxslarda Vatandan g‘urur-iftixor tuyg‘usini kuchaytirmoqda”, —deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Surxondaryoda hammasi bo‘lib 140 imkoniyati cheklangan oila Yangi yilni yangi uyda qarshi oldi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют