» » Rishton tumanidagi “shirk makoni” tanqid qilindi

Rishton tumanidagi “shirk makoni” tanqid qilindi


“Azon.uz” axborot-tahliliy portalida Farg‘ona vodiysining Rishton tumaniga kiraverishda, kulolchilik mahsulotlari keng yoyib qo‘yilgan joy “shirk makoni” deb ataldi.

“Shu yerni shirk  makoni deyishga yetarlicha asoslarim bor. Darvozadan kirishdan ‘to‘la-to‘la’lar boshlanadi, ya’ni siz uchun so‘rab berishlari uchun, ‘Hoji ona’lar tilab berishlari uchun, isiriq uchun, choy uchun, tuz uchun, qo‘rg‘oshin uchun, balo-battarlar  uchun.

Kimdan?

– Hizr alayhissalomning ramziy qabridan. Shu yerga ixlos qilib kelayotganlarning tili bilan aytganda “Hizr buva”dan.

Nima so‘rab?

— Farzand so‘rab, omad so‘rab, boylik so‘rab, uy so‘rab, er so‘rab, xotin so‘rab...

Xullas so‘rab... so‘rab... Astag‘firulloh! Biz qaysi asrda yashayapmiz o‘zi?... So‘raguvchi Zot Bitta emasmi? Berguvchi Zot Bir emasmi?

Sizlarga Kim aytdi ‘Hizr buva’ ning ramziy qabri atrofiga kelib olib, erkak-ayol aralash haftalab navbat kutib yotib olib Kimlardir orqali pul berib tilatsangiz, so‘ratsangiz istagingiz amalga oshishini?

Siz o‘zingiz so‘ray olmaysizmi? Yagona zotga sherik qo‘shgan holingizda ‘ketib’ qolishdan qo‘rqmaysizmi?..” — deyiladi maqolada.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют