» » Shavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjat sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O‘zbekistonda samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020-yil Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikada joriy etish va qo‘llash mas’uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali agentlikni faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor ma’lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‘lgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan O‘zbekiston sportchilari o‘tishi to‘g‘risida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Sportchilar dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‘g‘risida aniq tavsiyalar berish mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati” negizida “Sport psixologiyasi bo‘limi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, agentlik tarkibida 3 ta bo‘lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog‘lom va xaqqoniy sport targ‘iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta’minlash kabi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2010-yilda Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilgan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют