» » Andijonda qayta ta’mirlangan ona va bola skrining markazi binosi foydalanishga topshirildi

Andijonda qayta ta’mirlangan ona va bola skrining markazi binosi foydalanishga topshirildi


Andijon viloyati ona va bola skrining markazi binosi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun 680 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan.

“Markazda onalardagi tug‘ruq oldi va chaqaloqlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan irsiy xastaliklarni erta aniqlash, samarali davolash, bexatar onalikni ta’minlash, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida aholiga katta qulaylik yaratildi”, — deyiladi xabarda.

Markaz ko‘p funksiyali ultratovush tekshiruvi apparati bilan ta’minlangan. Homilador ayollar chuqurlashtirilgan skrining tekshiruvidan o‘tkazilib, homilada nuqson bor-yo‘qligi aniqlanadi, aniq tashxis qo‘yilib, zarur tavsiya va maslahatlar beriladi. Xususan, bu yerda 2017-yilda 32 ming 560 nafar chaqaloq, 27 ming 700 dan ortiq homilador ayol ko‘rikdan o‘tkazildi.

2018-yilda markazga qariyb 80 million so‘mlik yangi zamonaviy tekshiruv apparatlari, zarur reaktivlar keltiriladi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют