» » AQSh Tramp prezidentligi davrida oxirgi 15 yil ichida eng kam qochoq qabul qildi

AQSh Tramp prezidentligi davrida oxirgi 15 yil ichida eng kam qochoq qabul qildi


AQSh Donald Tramp prezidentligi davrida 29 022 qochoq qabul qildi. Bu oxirgi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda 3-yanvar, chorshanba kuni USA Today gazetasi Davlat departamenti ma’lumotlariga tayanib xabar qildi, deb yozadi “TASS”.

Nashrning ma’lum qilishicha, oxirgi marta bunday kam ko‘rsatkich 2002-yilda qayd etilgan. O‘shanda 2001-yilning 11-sentabrida Nyu-York va Vashingtonda “Al-Qoida” guruhi jangarilari tomonidan teraktlar amalga oshirilgandan so‘ng qonuniy immigratsiya oqimi sezilarli darajada kamaytirilgan edi.

Prezidentlar kichik Jorj Bush va Barak Obama davrida qochoqlarni qabul qilish kvotasi yiliga 70 mingdan 80 ming kishigacha bo‘lgan.

Gazeta Tramp saylovoldi kampaniyasidayoq mamlakat immigratsiya siyosatini qat’iylashtirishga va’da berganligini eslatadi. Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishgandan bir hafta o‘tiboq, Tramp AQShda jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatni imzoladi. Farmon majburiy ko‘chib kelayotgan kishilar ma’lumotlarini tekshirish jarayonlarini tahlil qilish uchun qochoqlar qabul qilish dasturini 120 kunga to‘xtatishni ko‘zda tutdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, qochoqlar ko‘rinishida mamlakatga terrorchilar kirib kelishi mumkin. Oktabrda Tramp 2018-moliyaviy yilda (2017-yilning 1-oktabridan boshlangan) 45 mingdan ortiq bo‘lmagan qochoqlarni qabul qilish kvotasini belgilovchi farmonni imzoladi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют