» » O‘FF, Super Liga va Pro-Liga uchun yangi logolar tanlab olindi. Endi so‘rovnomaning 2-bosqichi start oladi

O‘FF, Super Liga va Pro-Liga uchun yangi logolar tanlab olindi. Endi so‘rovnomaning 2-bosqichi start oladi


Yangi rahbariyat qo‘li ostiga o‘tgan O‘zbekiston futbol federatsiyasining yangi logotipini tanlab olish bo‘yicha so‘rovnomaning 1-bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Navbat esa 2-bosqichga yetib keldi.

So‘rovnomada futbol muxlislari nafaqat O‘FF, balki yangi tashkil etilayotgan mamlakat Super Ligasi hamda Pro-Ligasi uchun chizilgan ishlarga ham ovoz berishi mumkin edi. Yakunda har uch yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar saralab olindi.

40 mingga yaqin futbol ishqibozi ishtirok etgan so‘rovnomada Doniyor Mamurjonovning qalamiga mansub O‘FF logotipi 6 949 ball to‘pladi va g‘olib bo‘ldi. Super Liga bo‘yicha ishlar orasidan esa Baxtiyor Ishmatov varianti eng ko‘p ovoz yig‘di — 4 308. Va nihoyat, Pro-Liga versiyasida Baxtiyor Ishmatovning ishi 4 777 ball olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ishtirok.uz saytida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari Digital Panda kompaniyasining ofisida tantanali taqdirlanadi. Biroq bu hali yakuniy qaror degani emas. Dizaynerlar shunchaki 1-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani uchungina rag‘batlantiriladi. 2-bosqichda esa ish jiddiy ko‘rinish oladi.

Endilikda yuqoridagi logotiplar qatoriga xalqaro dizayn agentliklarining ishi ham qo‘shiladi va futbol muxlislaridan navbatdagi bor o‘z tanlovlarini ko‘rsatish so‘raladi. Shundan so‘nggina yakuniy g‘oliblar aniqlanadi. “Daryo” nashriga ma’lum qilinishicha, g‘oliblarni taqdirlash marosimi 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ovoz berish jarayoni www.ishtirok.uz saytida davom etadi. Savol bilan murojaat qilishni istovchilar +99871 231 80 80 telefon qaramiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Shuningdek, Digital Panda’ning Facebook sahifasiga ham ma’lumotlar joylashtirib boriladi: https://www.facebook.com/digitalpanda.uz/

Опубликовано: admin (4-01-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют