» » Saudiya Arabistonida 11 shahzoda podshoh saroyida norozilik uyushtirgani uchun qo‘lga olindi

Saudiya Arabistonida 11 shahzoda podshoh saroyida norozilik uyushtirgani uchun qo‘lga olindi


Saudiya Arabistoni podshohi saroyida norozilik uyushtirgani sababli 11 nafar shahzoda qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“RIA Novosti” ma’lumotiga ko‘ra, hukmron oila a’zolari podshoh Salmon ibn Abdulaziz as-Sauddan shahzodalar uchun suv va elektr energiya haqini to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilishni talab qilgan.

Bundan tashqari, shahzodalar bundan uch yil avval sodir etilgan qotillikda ayblanib, qatl etilgan qarindosh akalari uchun ham tovon puli olish niyatida ekanliklarini bildirishgan.

Norozilik bildirgan shahzodalar saroyni tark etishdan bosh tortgach, ular podshohlik gvardiyasi tomonidan qo‘lga olingan. Shahzodalar hozirda “Al-Xayr” qamoqxonasida saqlanmoqda, yaqin vaqt ichida sud bo‘lishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют